Xorazm Ma'mun akademiyasi

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

04-05-2023     So'nggi yangiliklar

Bugun Xorazm Ma'mun akademiyasida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Xorazm Ma'mun akademiyasi, Urganch davlat universiteti, Xorazm viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi, Xiva shahar hokimligi hamkorligida  “Beruniy va Ibn Sino – ikkinchi ming yillikning taqdirini o'zgartirgan daholar: Ma'mun akademiyasining jahon fani taraqqiyotida tutgan o'rni” mavzusidagi ilmiy konferensiya bo'lib o'tdi. Mazkur konferensiyada Sanʼatbek Kamilovich Salayev – Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, Bahrom Abdurahimovich Abduhalimov – O‘zR FA vitse-prezidenti, Temur Ismoilovich Davletov – Xiva shahar hokimi, Qurbon Muhammadrizo – O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi hamda Turkiya, Ozarbayjon, Eron, Afg'oniston, Tojikiston va ko'plab davlatlardan ilmiy hodimlar, O'zbekiston Respublikasidagi bir qator universitetlardan mehmonlar qatnashishdi. Anjuman ko'tarinki kayfiyatda davom etmoqda.