Xorazm Ma'mun akademiyasi

ILMIY STAJIROVKALAR ILM YO’LIDA YANGI ESHIKLAR KALITI

03-05-2023     So'nggi yangiliklar

Xorazm Ma’mun akademiyasi Tabiiy fanlar bo’limi DSc doktoranti Xamrayev Nurbek Ulug’bekovich 2023 yil 2 apreldan 30 aprelgacha bir oy davomida Vengriya qishloq xo’jaligi va tabiiy fanlar universitetida Biotexnologiya yo’nalishida ilmiy stajirovkada bo’lib qaytdi. Stajirovka davomida ko’plab olimlar bilan uchrashib o’z qiziqishlari bo’yicha ilmiy tadqiqotlar yuzasidan fikr almashdi. N.U.Xamraev stajirovka davomida don ekinlari bo’yicha dala va laboratoriya tajribalarda ishtirok etib o’z bilim va malakasini oshirmoqda. Shu bilan birga u Szeged shahrida joylashgan Gabona Kutato Cereal Research Non-Profit Ltd. tashkilot olimlarining ilmiy tadqiqotlari bilan ham yaqindan tanishib, kelgusida birgalikda ilmiy tadqotlar olib borish yuzasidan kelishuvlarga erishdi.