Xorazm Ma'mun akademiyasi

OSIYO-OKEANIYA DAVLATLARI MATEMATIK AYOLLARINING UCHRASHUVI (GIBRID)

25-04-2023     So'nggi yangiliklar

2023 yilning 24-28 Aprel sanalarida Hindistonning Bangalor shahridagi Nazariy Fanlar Xalqaro Markazi (ICTS, India) homiyligida Osiyo-Okeaniya davlatlari matematik ayollarining ilk gibrid tarzidagi yig'ilishi o'tkazilmoqda (https://www.icts.res.in/discussion-meeting/AOWM ). 2022 yil 1 avgust sanasidan Халқаро математиклар уюшмаси (IMU) homiyligi asosida, mintaqalardagi matematik ayollar oʻrtasida oʻzaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida “Osiyo-Okeaniya davlatlari matematik ayollari (AOWM)” uyushmasi rasman tashkil etilgan edi. Ushbu yig'ilishning asosiy maqsadlaridan biri bu mintaqalarda kelajakdagi ilmiy faoliyat yo'nalishlarini tahlil etishdan iboratdir. Shuningdek, tadbir davomida taniqli va istiqbolli yosh matematik ayollarning qator ma’ruzalarini o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu yigilishning birinchi kengashida Xalqaro Matematiklar uyushmasi hotin-qizlar komitetining O`zbekistondagi vakili Xorazm Ma`mun Akademiyasi aniq fanlari bo`limi bosh ilmiy hodimi, f.-m.f.d. Baltayeva Umida Ismoilovna ham o`zining “Boundary-value problems for a linear loaded integro-differential equation” https://www.icts.res.in/event/page/25384 mavzusidagi ma`ruzasi bilan qatnashmoqda.