Xorazm Ma'mun akademiyasi

Yangi nashr

18-04-2023     So'nggi yangiliklar

Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari va Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori, tarix fanlari nomzodi, dotsent Yulduz Rahmonova hamkorligida “Oqdarband” xotira kitobi nashrdan chiqdi.

Ushbu ilmiy-ommabop kitobda  Xorazm vohasining Oqdarband qishlog‘ida yashagan eroniylarning tarixi, qishloqdan yetishib chiqqan taraqqiyparvar insonlar, qatag‘on jabrdiydalarining hayoti va fojeali taqdiri yoritilgan. Shuningdek, mustaqillik yillarida Qo‘shko‘pir tumanining zamonaviy Oqdarband qishlog‘idagi ulkan o‘zgarishlar tahlil etilgan.