Xorazm Ma'mun akademiyasi

Yangi Konstitutsiya loyihasi va Xalq referendumini oʻtkazish boʻyicha targʻibot ishchi guruhi tomonidan tadbir o'tkazildi

14-04-2023     So'nggi yangiliklar

Xorazm Ma’mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻlimi kichik ilmiy xodimi Dinora Rajabova 2023-yil 12-aprelda Xiva shahar 3-son maktabida mahalla faollari, maktab oʻqituvchilari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi loyihasi haqida, unda amalga oshirilgan oʻzgarishlar, yangi kiritilgan moddalar, oʻzgartirilgan norma va moddalar, ularning xalqimiz hayotini yaxshilash, jamiyatimiz taraqqiyotidagi oʻrni va ahamiyati haqida tushuntirish ishlarini olib bordi. Tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Tadbir davomida xalq referendumiga befarq boʻlmaslik, yangilanayotgan konstitutsiyamizga oʻz munosabatini bildirish, xalqimiz kelajagiga befarq qaramaslik haqida xalq vakillari oʻz munosabatlarini bildirdilar. Oʻtkazilgan tadbir barcha ishtirokchilarda yangilanayotgan konstitutsiyamiz yangi moddalari va normalari haqida toʻliq tasavvur uygʻotdi.