Xorazm Ma'mun akademiyasi

Tashrif

03-04-2023     So'nggi yangiliklar

Bugun Xorazm Ma’mun akademiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Adolat sotsial-demokratik partiyasi rahbari Bahrom Abdurahimovich Abduhalimov tashrif buyurdi. Tashrif chogʻida Bahrom Abhalimov Xorazm Ma’mun akademiyasida olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Yangi va boyitilgan akademiya qoshidagi kutubxona, muzey-ekspozitsiyada boʻlgan oʻzgarishlar, zamonaviy hamda barcha talablarga javob beradigan bino, laboratoriyalar bilan tanishgandan soʻng, akademiya jamoasini samimiy qutladi. Tashrif chogʻida akademiya moddiy texnik-bazasini yanada yaxshilash, olimlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, kutubxona hamda muzeyni yangi kitoblar va eksponatlar bilan boyitish va boshqa masalalarda kelishib olindi.

Soʻngra akademiya olimlari bilan “Yangilangan konstitutsiya – jamiyatimiz taraqqiyoti poydevori” mavzusida asosiy mezonimizga kiritilayotgan oʻzgarishlar va ularning hayotiy zaruriyati haqida davra suhbati oʻtkazildi. Suhbat qizgʻin, bahs-munozaralarga boy tarzda oʻtdi. Yakunda olimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.