Xorazm Ma'mun akademiyasi

Yangi Konstitutsiya olimlar nigohida

31-03-2023     So'nggi yangiliklar

Bugun bosh qomusimiz ulkan oʻzgarishlar ostonasida desak adashmaymiz. Negaki, Konstitutsiyaning yangi loyihasiga xalq manfaatlarini barcha narsadan ustun qoʻygan holda konstitutsiyamizga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha qator takliflar berildi. Bugun Xorazm Ma’mun akademiyasida bo’lib o’tgan yig’ilishdagi maʻruzalarda bosh qomusimizga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha bildirilayotgan muhim takliflar haqida toʻxtalib oʻtildi. Eng muhimi, amalga oshirilayotgan ushbu konstitutsiyaviy islohotlardan koʻzlangan asosiy maqsad xalq xohish-irodasidan kelib chiqqan holda benuqson konstitutsiyani yaratishdek oliy maqsadga qaratilgani haqida teran fikrlar bildirildi.