Xorazm Ma'mun akademiyasi

Ilm-fan targ‘iboti markazi direktor o‘rinbosari M.Abdullayev bilan uchrashuv tashkil etildi

18-03-2023     So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ilm-fan targ‘iboti markazi direktor o‘rinbosari M.Abdullayev Xorazm Ma`mun akademiyasining bir guruh ilmiy xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Respublika ilm-fani rivoji, uni targ‘ibot qilish, jumladan internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ommaga yetkazish, shuningdek “Fan va turmush” jurnali faoliyati bo‘yicha ma`lumotlar berildi. Olimlar mazkur masalalar bo‘yicha taklif-mulohazalarini bildirdilar. Hamkorlikda qilinadigan ishlar rejalashtirib olindi.