Xorazm Ma'mun akademiyasi

AQSH talabalari tashrifi

09-06-2017     So'nggi yangiliklar

2017-yil 9-iyun kuni Leybnits algebrasi bo’yicha O’zbekiston – AQSH hamkorlik dasturi yuzasidan AQSHdan 9 nafar talaba Kaliforniya universiteti professori Z.Ibragimov boshchiligida Xorazm Ma’mun akademiyasiga tashrif buyurishdi. Ular tashrifi mobaynida Xorazm tarixi va madaniyati doimiy ekspozitsiyasi va akademiya laboratoriyalari bilan tanishdilar. Shuningdek, akademiya rahbariyati bilan uchrashib qadimiy Xorazm Ma’mun akademiyasi, uning tashkil topish tarixi, faoliyat yuritgan buyuk allomalarimiz, ularning buyuk kashfiyotlari va asarlari to’g’risida ma’lumot oldilar. Mehmonlarda zamonaviy akademiya faoliyati ham katta qiziqish uyg’otdi va ko’plab savollar bilan murojaat qildilar.