Xorazm Ma'mun akademiyasi

Yangi qurilma ustida ish olib borilmoqda

18-03-2023     So'nggi yangiliklar

"Termitlar tarqalishini oldini olish va ularga qarshi kurash" laboratoriyasi xodimlari tomonidan termitlarga qarshi tuzoq qurilmasi ishlab chiqildi. Qurilma termitlar rivojlanishi va oziqlanishi uchun zarur sharoitni yaratib beradi. Shu orqali termitlarni o`ziga jalb qiladi. Termitlar tuzoqqa to`planib bo`lgach yer ostidan ularga qarshi kimyoviy pereparat yuboradi.  Bu qurilma oldingi jahon olimlari tomonidan ishlab chiqilgan  tuzoqlarni takomillashtirilgan varianti hisoblanadi. Qurilmani qo`llash usullarini takomillashtirish yuzasidan tadqiqotlar davom ettirilmoqda.