Xorazm Ma'mun akademiyasi

Hassos shoir, mohir tarjimon Matnazar Abdulhakim tavalludining 75 yilligi

21-02-2023     So'nggi yangiliklar

Bugun Xorazm Ma’mun akademiyasida shoir, tarjimon, adabiyotshunos olim, “Ofarin” mukofoti sovrindori Matnazar Abdulhakim tavalludining  75 yilligiga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi. Unda Xorazm viloyati hokimi maslahatchisi, Ravshan Xudoyberganov, “Mangulik jamoli” fondi rahbari,  Xorazm viloyati Axborot-resurs markazi yetakchi mutaxassisi Shuhrat Matkarimov, Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat boʻlimi rahbari Gavhar Ibodullayeva, Toshkent viloyati badiiy-ijodkorlar uyushmasi raisi Soli Qodirov, “Xiva tongi” gazetasi bosh muharriri Masharipov Sherjon, Matnazar Abdulhakimning oila aʼzolari, akademiya ilmiy tadqiqotchilari va boshqa soha mutaxassislari, shoirlar, san’atkorlar, oʻquvchi va talabalar ishtirok qildilar. Tadbir davomida Matnazar Abdulhakim doʻstlari, yaqinlari, oila a’zolari, shogirdlari oʻzlarining shoir haqidagi xotiralari bilan oʻrtoqlashdilar. Tadbir davomida shoirning barchani oʻziga rom qilgan she’rlaridan, ijdokor oʻquvchilar qalamiga mansub she’rlardan namunalar oʻqildi, shoirning qoʻshiq qilib kuylangan asarlari san’atkorlar tomonidan kuylandi. Anjuman yuqori darajada tashkil qilindi, yakunda shoirga bagʻishlab Qur’on tilovat qilindi.