Хорезмская академия Маъмуна

Ekologik muammolar olimlar nigohida

08-02-2023     Новости

Bugun Xorazm Ma'mun Аkademiyasi majlislar zalida "Ekologik muammolar olimlar nigohida" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O'zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyat Kengashi hamda Xorazm Ma'mun akademiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan davra suhbatida  Xorazm Ma'mun Аkademiyasining olim va professor o‘qituvchilari, magistrlar, partiya vakillari, "Yoshlar qanoti" va "Аyollar qanoti" faollari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Bahs-munozaralarga boy boʻlgan ushbu tadbirda ekologik muammolarni bartaraf etish, shu bilan birga muammolarni hal qilish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish yuzasidan takliflar, loyihalar taqdimoti bo'ldi.

Ekologik muammolarni hal qilishga, ularning atrof-muhit salomatligiga ta'sirini kamaytirishga qaratilgan ushbu davra suhbati viloyat, qolaversa, respublikamizning ekologiyasini asrashga katta yordam berishi shubhasiz!