Xorazm Ma'mun akademiyasi

Rasmiy tashrif

26-01-2023     So'nggi yangiliklar

Bugun O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yuldashev va vitse-prezident Sirojiddin Mirzayevlar Xorazm Ma’mun akademiyasiga tashrif buyurdilar. Avvalo, Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo`limida amalga oshirilgan to`liq qayta ta’mirlash ishlari bilan tanishgan B.Yuldashev va S.Mirzayevlar Ma’mun akademiyasi olimlari tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar, kashfiyotlar va ishlanmalar borasidagi hisobotlarni tingladilar. So`ngra, Ma’mun akademiyasining bo`lim hamda laboratoriyalarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilan tanishdilar. Yosh ilmiy izlanuvchilar bilan muloqot bo`lib o`tdi. Unda B.Yuldashev akademiyada amalga oshirilgan o`zgarishlar va yaratilgan imkoniyatlar haqida so`z yuritib: “Bunday zamonaviy bino va laboratoriya jihozlari kamdan-kam ilmiy tadqiqot muassasalarida mavjud, ulardan unumli foydalaning va yana-da katta marralarni ko`zlang” – deya ta’kidladi. Uchrashuvdan so`ng akademiya ilmiy xodimlari va doktorantlarining ilmiy nashrlari, yutuqlari ko`rgazmasi bilan tanishdilar. Uztozlardan zarur ilmiy maslahatlarni olgan akademiya jamoasi B.Yuldashev va S.Mirzayevlarga o`zlarining alohida tashakkurlarini izhor qildilar.