Xorazm Ma'mun akademiyasi

Doktoranturaga kirish imtihonlari bo'lib o‘tdi

20-12-2022     So'nggi yangiliklar

2022 yilning 20 dekabr kuni Fanlar akademiyasi Mintaqaviy bo‘limi Xorazm Ma’mun akademiasining doktoranturasi va tayanch doktoranturasiga mutaxassislik fanlari bo‘yicha kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Bo’lgusi olimlarni adolatli tanlovini ta’minlash maqsadida oz soxasida yetakchi o‘qituvchilar va olimlar qabul komissiyasi tarkibiga jalb qilindi. Bundan tashqari, imtixonlarni borishi Fanlar akademiyasi tarkibidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va aloqador muassasalarda onlayn tarzda kuzatildi.

Imtihonlar yuqori saviyada o‘tkazildi, tanlov natijalari yaqin orada ma'lum bo‘ladi. Joriy yil doktorantura (DSc) uchun 1 ta, tayanch doktorantura (PhD) uchun 16 ta kvotalar ajratildi. Talabgorlar 01.01.02 - Differensial tenglamalar va matematik fizika, 02.00.01 - Noorganik kimyo, 03.00.06 – Zoologiya, 03.00.07 - Oʻsimliklar fiziologiyasi va biokimyosi, 18.00.01 - Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash ixtisosliklar bo’yicha o’z bilimlarini sinab ko’rdilar.