Xorazm Ma'mun akademiyasi

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

16-12-2022     So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 15-dekabr kuni Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabda 10-sinf o‘quvchilari uchun yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bilan tanishtirishga bag’ishlangan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Xorazm viloyati Ma’mun akademyasi raisi Ikrom Abdullayev, Prezident ta’lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi rahbari Sarvar Abdullayevlar mehmon sifatida ishtirok qildilar. Uchrashuvda maktabning 10-sinf o‘quvchilari va ustozlar ishtirok qildilar.

Davra suhbatini Prezident ta’lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi rahbari Sarvar Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. S.Abdullayev o‘z nutqida bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

Ikrom Abdullayev o‘z nutqida mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning  mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida o‘quvchilarga qiziqarli va foydali ma’lumotlar berdi. Bundan tashqari u Xiva shahridagi  Ma’mun  akademiyasidagi shart sharoitlar haqida ham tushunchalar berib o‘tdi.

Davra suhbati qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o’tdi va bu kabi davra suhbati va uchrashuvlar o‘quvchi yoshlarda kelajakka ishonch, maqsadlar sari to‘g‘ri yo‘nalish olishda katta yordam berishi ta‘kidlandi.

Ikrom Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi ,,Qizil kitobi‘‘ni maktab kutubxonasiga sovg‘a qildi.