Xorazm Ma'mun akademiyasi

ILMIY-АMАLIY АNJUMАN O'TKAZILDI

15-12-2022     So'nggi yangiliklar

Shu yilning 13-dekabr kuni Xiva shahrida "Pahlavon Mahmud - hassos shoir, buyuk vatanparvar, yengilmas polvon va avliyolar ustozi" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʼlib oʼtdi.

Xorazm viloyati hokimligi, Xorazm Maʼmun akademiyasi, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat boʼlimi, Urganch Davlat universiteti va "Ichan qalʼa" davlat muzey-qoʼriqxonasi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda ziyolilar, talaba yoshlar, shuningdek, qardosh respublikalardan ham vakillar ishtirok etishdi.

Аnjumanni Xorazm viloyati hokimi oʼrinbasari Sanʼatbek Solaev kirish soʼzi bilan ochib berdi.

Shundan soʼng Pahlavon Mahmud jamgʼarmasi raisi Raimboy Sherjonov, "Ichan qalʼa" davlat muzey-qoʼriqxonasi ilmiy kotibi Komiljon Xudoyberganov, Xorazm Maʼmun akademiyasi ilmiy xodimlari Umid Bekmuhammad, Dilmurod Bobojonov, Sobirjon Sobirov, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi , muzey-qoʼriqxona matbuot kotibi Otabek Ismoilov va boshqalarning Pahlavon Mahmud hayoti va ijodiy faoliyatiga taalluqli turli mavzulardagi maʼruzalari tinglandi.

Аnjuman davomida Pahlavon Mahmud hayoti va ijodi aks etgan kitoblar koʼrgazmasi va buyuk ajdodimiz haqidagi badiiy-hujjatli filmni suratga olish jaryonlari aks etgan videorolik namoyish etildi.