Xorazm Ma'mun akademiyasi

BERUNIYNING 1050 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR O'TKAZILDI

06-12-2022     So'nggi yangiliklar

2022-yil 5-dekabr kuni  Xiva shahridagi  Ogahiy nomli ijod maktabida Xorazm Ma’mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi kichik ilmiy xodimlari F.Jumaniyazova hamda D.Rajabovalar ishtirokida "Abu Rayhon Beruniy asarlarida etnografiyaga oid materiallar"mavzusidagi  davra suhbati o‘tkazildi. Beruniy tavalludining 1050 yilligi oldidan targ‘ibot-tashviqot ishlariga bag‘ishlangan ushbu tadbirda buyuk qomusiy olimning hayoti va faoliyati, uning “Mineralogiya”,  “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston” asarlaridagi etnografik materiallar bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlar berildi. “Saydana” asaridagi dorivor giyohlar va ularning hozirgi kungacha xalq tabobatida qo‘llanilishiga oid misollar keltirilib o‘tildi.