Xorazm Ma'mun akademiyasi

Yangi monografiya chop qilindi

14-09-2022     So'nggi yangiliklar

Xorazm Ma'mun akademiyasi olimlari tomonidan yangi "O'simliklarning zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurash tizimida gis texnologiyalardan foydalanish" nomli monografiyasi chop qilindi. Ushbu monografiyada o'simliklarni ximoya qilish soxasida geografik axborot texnologiyalaridan foydalanishning holati va istiqbollari, tadqiqot o'tkazish joyining iqlim sharoiti va ish uslublari, qishloq xo'jaligi ekinlarining zararkunandalarini ekologik monitoring qilishda gis texnologiyalardan foydalanish, qishloq xo'jaligi o'simliklari kasalliklarini gis texnologiyasi asosida ekologik monitoring qilish kabi mavzular doirasida so'z yuritilgan. Ushbu monografiyadan magistrantlar, doktorantlar, mutaxasislar, fermer xo'jaligi rahbarlari hamda agronomiya, tuproqshunoslik ixtisosligi bo'yicha talabalar o'quv qo'llanma sifatida foydalanishlari mumkin.