Xorazm Ma'mun akademiyasi

Yangi biostimulyator yaratildi

05-05-2022     So'nggi yangiliklar

Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari tamonidan Fizik kimyoviy tadqiqotlar labaratoriyasida yangi biostimulyator yaratildi. Uning tarkibi para-nitrobenzoy kislota, mis(II)xlorid tuzi va trietanolamindan iborat bo‘lib, strukturasi rentgenstrukturaviy analiz yordamida tekshirilganda misning biyadroli kompleks birikmasi hosil bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Unga BKM deb nom qo‘yilib, bug‘doy va makkajo‘xorida sinab ko‘rilganda, unib chiqishini 3-4 kunga, barcha fazalarda nazoratga nisbatan  rivojlanishi tezlashishi, hosil shakllanishi va yetilishi 3-5 kunga erta bo‘lishi va hosildorlikni 8-10 tsentnerga oshirish imkonini berdi