Xorazm Ma'mun akademiyasi

Tashrif

29-04-2022     So'nggi yangiliklar

Bugun Xorazm Ma’mun akademiyasiga Janubiy Koreya Respublikasi Changwon Milliy universiteti Kimyo, biologiya fakulteti o’qituvchisi (PhD) Hyeok-jae CHOE hamda Kongju Nat’I Universiteti Biologik ta’lim fakulteti o’qituvchisi Chang-gee Jang tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ular Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyati hamda labaratoriyalardagi amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi. Ular akademiya bilan hamkorlikda ishlab kelgusida yirik loyihalar amalga oshirishni reja qilishdi.