Xorazm Ma'mun akademiyasi

«Yashil yillik» umummilliy tadbiri

01-04-2022     So'nggi yangiliklar

Ellikqal’a tumanida  31 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Ekologiya atrof muxitni muxofaza qilish Davlat qo’mitasi tamonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati shahar va tuman hokimlarining qurilish va ekologiya bo’yicha muovinlari, ekologiya sohasi hodimlari, o’rmon xo’jaligi hodimlari, ekologiya sohasiga tegishli mutaxasislar ishtirokida “Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati sharoitida daraxt ko’chatlarini ekish, sug’orish tizimini tashkil etish va daraxtlarni parvarish qilish ishlariga bag’ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi. Tadbir ishtirokchilariga tumandagi tadbirkorlar tamonidan qilingan ishlar, aholiga ko’chat yetkazishni tashkil etish mexanizmlari bilan tanishtirildi. Shundan so’ng Ellikqal’a tumani Jaloliddin Manguberdi istirohat bog’ida daraxt ekish jarayoni nuroniylarning duolari bilan boshlandi. Ekilayotgan daraxtlar hududning iqlim sharoitidan mos holda tanlab olindi. Agrotexnik talablar asosida parvarish qilish, mineral va organik o’g’itlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib borish topshirildi. Tadbirda mutaxasislar tamonidan ekish, shakl berish va ekishdan keyingi bajarilishi zurur bo’lgan ishlar ishtirokchilarga tushintirildi. Tadbirning ikkinchi qismida ilmiy- amaliy seminar qismida Ekologiya atrof muxitni muxofaza qilish Davlat qo’mitasi raisi Narzullo Oblomurodov kirish so’zi bilan ochib, mamlakatimiz bo’ylab «Yashil makon» loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar to’g’risida to’xtalib, ekish rejasini suskashlik bilan olib borilayotgani, kamchiliklar to’g’risida aytib o’tdi. Qoraqalpog’iston Respublikasi shahar tumanlari va Xorazm viloyati shahar va tumanlari bajarilayotgan ishlarni   “Dolzarb 40 kunlik” doirasida  belgilangan rejalarini o’z vaqtida bajarish bilan bir qatorda ularni parvarishlash har bir ekilgan daraxtga masullarni biriktirish vazifasi yuklatildi. Ekilgan daraxtlar agrotexnik parvarish, mineral va organik o’g’itlarga ehtiyoj sezadi. Mutaxasislar tamonidan ko’chat ekish va uni parvarishlash bo’yicha tavsiyalar berildi. Daraxt va ekinlarni zararkunandalariga qarshi kurashish bo’yicha ham tavsiyalar berildi. Daraxtlarni zararkunandalariga qarshi kurashish chora tadbirlarni o’z vaqtida o’tkazish rejalari belgilab olinib, tavsiyalar berildi,  tegishli tashkilotlarga topshirildi. Seminar qatnashchilari o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Kelgusi shunday seminarni Xorazm viloyatida o’tkazishga kelishib olindi.