2021-yil Tabiiy fanlar boʻlimi ilmiy xodimlari uchun sermahsul yil boʻldi. Boʻlim ilmiy xodimlaridan 1 nafari fan doktori (DSc) va 4 nafari (PhD) falsafa doktori ilmiy darajalarini muvofaqqiyatli himoya qildilar. Ikki nafar xodim Oʻzbekiston Respublikasi OAK tomonidan katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga tasdiqlandilar. Jumladan, bo’lim katta ilmiy xodimlari Jumaniyazov Farxod Kadamovich va Rajabov Zakir Pulatovichlar 06.01.05 – Seleksiya va urugʻchilik ixtisosligida, Doschanov Jalolbek Saparbayevich va Abduraximov Umorbek Kurbanbayevichlar 03.00.07 – Oʻsimliklar fiziologiyasi va biokimyosi ixtisosligida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga erishdilar. Ganjayeva Lola Atanazarovna 03.00.06 – Zoologiya ixtisosligida biologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga erishdi. Boʻlim boshligʻi Madaminov Ruslan Ramanberdiyevich va yetakchi ilmiy xodimi Xamrayev Nurbek Ulugʻbekovichlar Oʻsimliklar fiziologiyasi va biokimyosi ixtisosligi boʻyicha katta ilmiy xodim unvoniga erishdilar. Hozirda Tabiiy fanlar boʻlimida jami 11 nafar xodim faoliyat yuritib, ilmiy darajaga ega xodimlar soni 8 nafarga yetdi.