Хоразм Маъмун академияси

«KOMPLEKS GEOMETRIYADAGI TENDENSIYALAR» MAVZUSIDAGI XALQARO KONFERENSIYA OʻZ ISHINI YAKUNLADI

01-11-2021     So'nggi yangiliklar

Xabaringiz bor, kecha 30-oktabr kuni xalqaro maktab (Cimpa school) doirasidagi «Kompleks geometriyadagi tendensiyalar» mavzusida xalqaro konferensiya o`z ishini boshlagan edi. Bugun, 2021-yilning 31-oktabr sanasida mazkur konferensiyaning davomi bo`lib o`tdi.

Unda respublikamizdagi taniqli akademiklar, matematik olimlar, Xorazm Ma’mun akademiyasi vakillari, yosh olimlar, shuningdek, xorijiy matematiklar hamda Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida Fizika-matematika fakultetining professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Konferensiyani UrDU Xalqaro aloqalari bo`yicha prorektori G`.O`razboyev hamda ZOOM platformasi orqali Dan Popovici va Stephanie Nivochelar olib bordilar.

Kun davomida bo`lib o`tgan mazkur konferensiyada I.Ikromov, K.Xudayberganov, O`.Roziqov, B.Shoimqulov, O.Zikirov, A. Artiqbayev, D.Durdiyev, G.Botirov, A.Xudayberdiyev hamda B.Prenov singari sohaning yetuk mutaxassislari ma`ruza qildilar.

♻️Respublikamizda matematikaning kompleks analiz, dinamik sistemalar va potensiallar nazariyasi sohalarini yanada rivojlantirish, yoshlarni matematika faniga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish, respublikamizda ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni davomiyligini ta’minlash, matematika sohalaridagi so‘nggi yangiliklar konferensiyada tinglangan ma`ruzalarning mazmunini tashkil etdi. Bu esa sohaga qiziquvchan talabalar, yosh olimlar, iqtidorli magistr va doktarantlar uchun o`z bilimlarini boyitishda ajoyib imkoniyat bo`ldi.

Konferensiya yakunida akademik Azimboy Sa`dullayev hamda Umida Boltayevalar barcha ishtirokchilarga, ma`ruzachilarga hamda Cimpa schoolni o`tkazishdagi yordami uchun Dan Popovici va Stephanie Nivochelarga minnatdorchilik bildirdilar.

☝️Urganch davlat universitetida «Kompleks analiz, geometriya va dinamika» mavzusidagi xalqaro maktab (CIMPA school) ning o`quv mashg`ulotlari onlayn shaklda 5-noyabrga qadar davom etadi.