Xorazm Ma'mun akademiyasi

Yangi mobil ilova yaratildi

27-10-2021     So'nggi yangiliklar

Xorazm Ma'mun Akademiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'limi kichik ilmiy xodimi Rajapov Mardonbek tomonidan Tarix fanidan amaldagi maktab darsliklari asosida o'quvchilarning bilimini aniqlash, bilimlarni tizimlashtirish va oshirishga qaratilgan yangi mobil ilova yaratildi.

Ilova nomi: TestPRO-Salom Mukammalik deb nomlanadi.

Mobil ilova haqida qisqacha ma'lumot:

TestPRO-Salom Mukammallik!!! Mobil ilovasi orqali Tarix fanini zamonaviy va mutlaqo yangicha formatda o`rganishni boshlang.
Ilovaning eng muhim jihatlari:
-Tarix fanidan barcha sinflar yagona ilovaga jamlangan
-Har bir sinf 4 ta bosiqchdan iborat:
-Qo`llanma
-Offlayn test
-Yopiq Test
-Onlayn test

Bundan tashqari har bir mavzu bo`yicha 90 % lik natijaga erisha olmasangiz keyingi mavzular ochilmaydi.

Shuningdek, Testlar DTM andozasi bo`yicha tuzilgan bo`lib, unda rasmli, kartali va turli xil diagrammalar orqali tuzilgan maxsus testlar joy olgan.