Xorazm Ma'mun akademiyasi

Qurilish materiallarini mustahkamligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari

25-06-2021     So'nggi yangiliklar

Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy xodimi Ibragimov Dilshod Urozboyevich va professor Babayev Zabibulla Komilovich bilan birgalikda beton bloklarini mustahkamligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Tadqiqot ishlarida AKR-85 aktiv modda sifatida qo’llanildi va sinovdan oʻtkazildi. Sinov jarayonida beton bloklarining mustahkamligi oshganligi aniqlandi.