Хоразм Маъмун академияси

Akademiya ilmiy xodimlari onlayn xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi

27-05-2021     So'nggi yangiliklar

2021-yil 24-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, BMT Rivojlantirish dasturi va GEF (Global Ekologik Fond) tomonidan amalga oshirilayotgan “Global ahamiyatga ega bioxilmaxillik uchun zarur boʻlgan muhim togʻli hududlarda tabiiy resurslardan barqaror foydalanish va oʻrmonlarni boshqarish” loyihasi doirasida onlayn xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Konferensiyada Xorazm Maʼmun akademiyasi Tabiiy Fanlar boʻlimi katta ilmiy xodimi U.K.Abduraximov, “Xorazm tarixi va madaniyati” ekspozitsiyasi muzey mudiri Z.P.Rajabovlar qatnashishdi. Shuningdek, konferensiyada Oʻzbekistonning muhofaza etiladigan hududlarida iqtisodiy baholash va ekotizim xizmatlarining qiymatini hisoblash kabi muhim masalalarga ham toʻxtaldi.