Xorazm Ma'mun akademiyasi

Qishloq aholi punktlari suv ta’minoti tizimlarining hisoblash uslubiyatini takomillashtirish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari oli

27-05-2021     So'nggi yangiliklar

Hozirgi kunda respublikamizda qishloq joylaridagi aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jumlada suv olish, kanalizatsiya inshootlari hamda vodoprovod tarmoqlarining yangilarini qurish va mavjudlarini qayta tiklash uchun ularning loyihalarini bajarishda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlat strategiyasida, jumladan “…kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, eng avvalo, yangi suv o’tkazish tarmoqlarini qurish, zamonaviy tejamkor va samarali texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishini tubdan yaxshilash” vazifasi belgilangan. Mazkur vazifani amalga oshirish, jumladan yangi ish sharoitlari hamda modernizatsiyalash talablarini hisobga olgan holda qishloqaholi punktlari suv ta’minoti tizimlarining hisoblash usullarini takomillashtirish bo’yicha ilmiy izlanishlar muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Xorazm Ma`mun akademiyasi “Aniq fanlar” katta ilmiy hodimi Ashirova Olga Aleksandrovna “Qishloq aholi punktlari suv ta’minoti tizimlarining hisoblash uslubiyatini takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Ilmiy tadqiqot ishidan asosiy maqsad quqvurladagi suvning ko’prejimli oqimi va noaniqliklar sharoitlarini hisobga olgan holda aholi punktlari suv ta’minoti tizimlarining hisoblash uzlubiyatini takomillashtirishdan iborat.

Ilmiy tadqiqot ishi bo’yicha olib borilayotgan tajriba ishlari

 

Tadqiqot ob'ektlarida kunlik hajmlarni o'lchash va aholi tomonidan suv iste'mol qilish dinamikasini aniqlash uchun o'lchov asboblari va jihozlarining joylashishi