Xorazm Ma'mun akademiyasi

Beton bloklariga aktiv qo`shimchalar qo`shgan holda mustahkamligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi

29-04-2021     So'nggi yangiliklar

Xorazm Ma`mun akademiyasi ilmiy hodimlari Madaminov Dilshodbek Quranboyevich hamda Ibragimov Dilshod O`razboyevichlar, Urganch Davlat universiteti “Kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi mudiri, professor Babayev Zabibulla Komilovich hamkorligida beton bloklariga aktiv qo`shimchalar qo`shgan holda mustahkamligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar. Ilmiy tadqiqot ishlari mobaynida olingan natijalar YuGS “AJ” laboratoriyasida sinovdan o`tkazildi. Sinov jarayoni GOST-7473-2010 talablari asosida olib borildi va olingan natijalar GO`ST talablariga javob berishi aniqlandi. Ilmiy tadqiqot natijalariga dalolatnoma tuzildi.