Xorazm Ma'mun akademiyasi

Aniq fanlar bo'limida navbatdagi ilmiy seminar

21-04-2021     So'nggi yangiliklar

Bugun Xorazm Ma'mun akademiyasi "Aniq fanlar" bo'limining navbatdagi ilmiy seminari bo'lib o'tdi. Ilmiy seminarda bo'lim katta ilmiy xodimi Ashirova Olga Alexsandrovna “Qishloq suv ta’minoti majmualarida suv berish va tarqatish tizimlarini loyixalashtirishning takomillashgan uslubi” mavzusida ma'ruza qildi. Seminarda Ma'mun akademiyasining Aniq fanlar bo`limi ilmiy xodimlari ishtirok qildilar. Ma'ruzada, olingan ilmiy natijalar va yangiliklar muhokama qilindi. Ilmiy Seminar yuqori ruhda,  ilmiy munozara va qizgʻin savol javoblarga boy tarzda o'tdi.