Xorazm Mamun akademiyasi "Xorazm tarixi va madaniyati doimiy ekspozitsiyasi" xodimlari Xiva shahar kasb-hunar maktabi va 19-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari bilan 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi munosabati bilan tadbir o'tkazdilar, Tadbirda o'quvchilar faol qatnashib bosh qomusimiz haqida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.