Xorazm Ma’mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻlimi boshligʻi, filologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim Raufjon Maxmudov Ozarbayjon Fanlar akademiyasi professori, siyosiy fanlar doktori Farahila Shukurova-Babayeva bilan hamkorlikda Turkiyaning “Yönetim Yayınları” nashriyotida “Statehood terminology in Khorezmian turkic historiography” nomli ilmiy monografiya nashr qildilar. Mazkur monografiya Xorazm turkiy tarixnavisligiga oid terminologiyaga bagʻishlangandir. Monografiya keng kitobxonlarga, Xorazm tarixi va tili, madaniyati bilan qiziquvchi tadqiqotchilarga bagʻishlangandir.