Khorezm Mamun academy

Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1052 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

16-09-2025     News

4-sentabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida O‘zbekiston tarixchilar jamiyati Xorazm viloyat bo‘limi tomonidan buyuk alloma, mutafakkir, olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1052 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy va uning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda  universitet faxriy professori, t.f.n. Q.Sobirov, “Ichan qalʼa” muzey qoʻriqxonasi ilmiy kotibi, t.f.n. K.Xudoyberganov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir  Q.Muhammadrizo,O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi professori, t.f.d.Mirsodiq Is’hoqov singari bir guruh olimlar so‘zga chiqdi.  Xorazm Ma'mun akademiyasi katta xodimi, PhD  Gulistan Artikbayeva ham "Abu Rayhon Beruniy va zamonaviy aniq fanlar o‘rtasidagi ilmiy bog‘liqlik." mavzusidagi ma'ruzasi bilan qatnashdi. Ma'ruzachilar Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining bugungi kundagi ahamiyati, uning jahon ilm-faniga qo‘shgan beqiyos hissasi xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.