Хорезмская академия Маъмуна

“Xorazmliklarning fashizm ustidan qozonilgan buyuk G‘alabaga qo‘shgan hissalari” deb nomlangan foto-albom nashr qilindi

08-05-2024     Новости

Xorazm Ma’mun akademiyasida 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab  yangi foto-albom nashr qilindi. “Xorazmliklarning  fashizm ustidan  qozonilgan  buyuk G‘alabaga qo‘shgan  hissalari” deb nomlangan foto-albom Xorazm Ma’mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi kichik ilmiy xodimi F.Jumaniyazova va Urganch Davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, tarix fanlari falsafa doktori (PhD) Sh.Allaberganovlar hammuallifligida tayyorlangan. Ushbu foto-albomda Ikkinchi jahon urushi frontlarida mardonavor jang qilgan xorazmlik qahramonlar bilan birgalikda urush yillarida mehnat frontida tinmay ishlab buyuk g‘alabaga o‘z hissalarini qo‘shgan mard, jasur Xorazm farzandlarining jasoratlari hamda ushbu insonlarning fotosuratlari sharhlari bilan keltirilgan. Foto-albom O‘zbekiston tarixining ajralmas qismi hisoblangan Xorazm tarixini yoritishda, urush yillarida front va front ortida jasorat ko‘rsatgan mard va jasur insonlar siymosini kelgusi avlodlarga yetkazishda, yoshlarni vatanparvarlik va jasorat ruhida tarbiyalash borasida muhim ahamiyatga ega. Foto-albom shonli tariximiz bilan qiziquvchi keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.