Xorazm Ma'mun akademiyasi

Tashrif

25-04-2024     So'nggi yangiliklar

Bugun Xorazm Ma’mun akademiyasiga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi raisi Mahmudova Robaxon Anvarovna partiyaning Xorazm viloyati bir guruh faollari bilan birgalikda tashrif buyurdi. Tashrif davomida Robaxon Anvarovna Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari faoliyati, ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Xususan, tashrif chogʻida akademiyada faoliyat yuritayotgan “Termitlar tarqalishini oldini olish va ularga qarshi kurashish” laboratoriyasi, “Janubiy Orolboʻyi meʼmoriy yodgorliklarining materiallarini sinash va taʼmirlash” laboratoriyasi, shuningdek, akademiya qoshidagi muzey-ekspozitsiya, noyob qoʻlyozmalar fondi hamda boʻlimlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ma’mun akademiyasi kapital ta’mirdan keyingi oʻzgarishlar Robaxon Anvarovna tomonidan alohida e’tirof etildi. Yurtboshimiz tomonidan Ma’mun akademiyasi olimlari faoliyati, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun yaratilgan shart-sharoitlar va moddiy-texnik baza jahon andozalariga mos ekanligi tahsinga sazovor ekanligi tashrif chogʻida ta’kidlandi, ayniqsa, noyob qoʻlyozmalar fondidagi qadimiy qoʻlyozma manbalar, muzey-ekspozitsiyaga qoʻyilgan soʻnggi bir necha yil davomida akademiya arxeolog olimlari tomonidan vohaning qadimiy qal’alarida amalga oshirilgan arxeologik ekspeditsiyalar chogʻida topilgan antik davr va oʻrta asrlarga oid noyob topilmalar, osori-atiqalar tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

Shuningdek, partiya faollari tomonidan olib borilgan targʻibot-tashviqot ishlari natijasi oʻlaroq, akademiya ilmiy kotibi D.Roʻzmetov, katta ilmiy xodimlari R.Roʻzmetov, M.Doʻschanova kabi bir necha yosh olim va olimalar “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi a’zosiga aylandi.