"Termitlar tarqalishini oldini olish va ularga qarshi kurash" laboratoriyasi xodimlari tomonidan termitlarga qarshi tuzoq qurilmasi ishlab chiqildi. Qurilma termitlar rivojlanishi va oziqlanishi uchun zarur sharoitni yaratib beradi. Shu orqali termitlarni o`ziga jalb qiladi. Termitlar tuzoqqa to`planib bo`lgach yer ostidan ularga qarshi kimyoviy pereparat yuboradi. Bu qurilma oldingi jahon olimlari tomonidan ishlab chiqilgan tuzoqlarni takomillashtirilgan varianti hisoblanadi. Qurilmani qo`llash usullarini takomillashtirish yuzasidan tadqiqotlar davom ettirilmoqda.