Хорезмская академия Маъмуна

Ma’mun akademiyasining uyg’oq yuraklari

27-01-2023     Новости

Fanlar akademiyasi prezidenti Bexzod Yuldashevning Xorazm Ma’mun akademiyasiga tashrifi doirasida bugun Ma’mun akademiyasi yosh olimlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvdan so’ng umumiy yig’ilish bo’lib, Ma’mun akademiyasi raisining 2022 yil davomida qilingan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi. Fanlar akademiyasi vitse prezidenti Sirojiddin Mirzayev Ma’mun akademiyasi ilmiy xodimlariga, yosh olimlarga “Fizikaning ilg’or usullarini qo’llab termitlarning uylarini topishning yangi metodikasi” bo'yicha taqdimotini o’tkazdi. Bu uchrashuv va taqdimotlar Ma’mun akademiyasida faoliyat yuritayotgan barcha ilmiy xodimlar, ko’zida ilm ishtiyoqi yonib turgan yoshlari uchun akademik olimlarimiz bilan  bilan fikr almashish, yangi g’oyalarni targ'ib etish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.