Xorazm ma’mun akademiyasi yosh olimlar kengashi
13-09-2019 912

Xorazm Ma’mun akademiyasi Yosh olimlar kengashi (XMA YOK) 2010-yil yanvarda Prezidentimiz Islom Karimov 2010-yilni “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilishi munosabati bilan, O’zR FA YOK tavsiyasiga binoan Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi buyrug’i bilan tashkil etildi. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan Fanlar akademiyasi hamkorligida 2006-yil 22-iyunda “Fan va ta’lim integratsiyasi to’g’risida”gi qo’shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida XMA YOK tashkil etildi.

XMA YOKning asosiy vazifalari sifatida iqtidorli yoshlar bilan ishlash, ya’ni ularni izlash, ko’mak berish, rag’batlantirishni yanada kuchaytirish, turli tanlovlar o’tkazish, Yosh olimlar va iqtidorli mutaxassislarni turli dasturlar doirasidagi xalqaro loyihalarda ishtirokini kengaytirish, akademiya ilmiy va ilmiy-texnik salohiyatidan keng foydalanib ma’ruzalar, laboratoriya mashg’ulotlari va malakaviy amaliyot o’tish, ushbu jarayonda olim va mutaxassislarni jalb qilish, oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda mavjud ilmiy yo’nalish maktablarini mustahkamlash, yangilarini yaratish hamda ilmiy izlanishlar natijalarini tezkor ravishda o’quv jarayoniga tatbiq qilish mexanizmlarini shakllantirish nazrada tutilgan.

XMA YOKning 12 nafar a’zosi bor. Ular 40 yoshgacha bo’lgan fan nomzodlari va yosh olimlar hamda mustaqil tadqiqotchilardan iborat. XMA YOK raisi Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy kotibi Abdullaev Masharib Saydamatovich akademiya Ilmiy kengashiga a’zo sifatida kiritilgan. XMA YOK qo’mitasi tuzilgan, unga b.f.n. Z.Allaberganova, f-m.f.n. A.Atamuratov, f-m.f.n. U.Baltayeva, yosh olimlar L.Abdukarimov, N.Hamrayevlar kiritilgan.

XMA YOK qoshida doimiy seminar tashkil etilgan. Seminarda doktorlik dissertatsiyalari muhokamalari, yangi loyiha va ilmiy maqolalarning prezentatsiyalari, takliflar va mulohazalar tinglanadi. Shuningdek, XMA YOK qoshida “Kichik akademiya” tashkil etilgan. Uning maqsadi talabalar va akademik litsey o’quvchilarini yoshlikdan ilm-fanga qiziqtirishdan iborat.

Har yili Xorazm Ma’mun akademiyasi Ilmiy kengashida XMA YOK hisoboti tinglanadi va yillik tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.

XMA YOK a’zolaridan M.Abdullaev, N.Hamrayev PhD, A.Atamuratov doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish arafasida.

XMA YOK yosh olimlarni fundamental va amaliy loyihalarga keng jalb qilish choralarini ko’rmoqda. Bajarilishi 2017-2020-yillar uchun mo’ljallangan fundamental va 2017-2018-yillar uchun mo’ljallangan amaliy va ular doirasida bajariladigan yosh olimlarning grantlari tanloviga taqdim qilingan loyihalarda 40 % yosh olimlarni ishtirok qilish ko’zda tutilgan.