Sharqiy Osiyo Matematiklar Maktabi
05-11-2019 283

Xorazm Mamun akademiyasi Aniq fanlar bo'limi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, Umida Baltayeva 2019-yil 26 oktyabr-3 noyabr kunlari Nesin Matematiklar shaharchasida (Nesin Matematik Köyü), (Izmir, Turkiya) ilmiy safarda bulib, Sharqiy Osiyo Matematiklar Maktabida qatnashdi.

Мақсадимиз - ислоҳатларда фаол иштирок этиш
28-06-2019 438

25-июнь куни Хоразм Маъмун академияси ва  “Адолат” СДП си ҳамкорликда “Мақсадимиз – ислоҳотларда фаол иштирок этиш” мавзусида семинар бўлиб ўтди. Семинардан кўзланган мақсад мамлакатимизда олиб борилаётган оқилона ислоҳотларда Ўзбекистон “Адолат” СДПнинг фаол иштирокини таъминлаш ҳамда фуқароларнинг ҳуқуқий онги ва ҳуқуқий маданиятини юксалтиришда партия фаоллари олдидаги долзарб вазифаларни белгилаб олишга қаратилган. Семинарда Хоразм Маъмун академияси раиси И.И.Абдуллаев Аҳолининг ҳуқуқий саводхонлигини юксалтиришда пиар технологиялардан фойдаланиш тўғрисида маъруза қилди.

A.Navoiy va Bobur tavalludiga bag'shlangan seminar
13-02-2019 655

2019 yil 12-fevral kuni O’zbek mumtoz adabiyotining ikki buyuk vakili Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan Xorazm Ma’mun akademiyasi majlislar zalida seminar bo’lib o’tdi. Seminarda Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy xodimlari, Milliy xunarmandchilik kasb-hunar kolleji o’qituvchilari, o’quvchilari qatnashdilar. 

ХУМБУЗТЕПАДА ИЛМИЙ ДАЛА СЕМИНАРИ
20-07-2018 1067

2018 йил июл ойида Хоразм вилояти Ҳазорасп туманидаги Хумбузтепа археологик ёдгорлигида Хоразм археологик экспедициясининг дала илмий семинари бўлиб ўтди. Илмий семинарда экспедиция аъзолари – т.ф.н. С.Р.Баратов, Б.П.Садуллаев, PhD М.С.Абдуллаев, Ш.Б.Раҳимов, профессор Р.Ҳ.Сулейманов, Хоразм Маъмун академияси ижтимоий-гуманитар фанлар бўлими бошлиғи – т.ф.н. Қ.Ю.Машарипов, УрДУ профессор-ўқитувчилари – т.ф.н. Р.Абдиримов, У.Абдалов ва амалиётчи талабалар иштирок этдилар.

Илмий семинарда т.ф.н. С.Р.Баратовнинг Қадимги Хоразм урбанизация маданиятининг илк босқичи ривожи (Хумбузтепа археологик ёдгорлиги асосида) мавзусидаги маърузаси тингланди.

 

“Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi” jurnaliga maqola qabul qilish tartibi
22-06-2017 1299

 

Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi 2006 yildan buyon yilda 4 (3 oyda bir) marta chop qilinadi. Axborotnomada ilm-fanning barcha sohalari bo’yicha o’zbek, rus va ingliz tillaridagi maqolalar nashr etiladi. Axborotnomaga maqolalar quyidagi tartibda qabul qiinadi: maqola hajmi 0,25 bosma taboqdan kam bo’lmasligi, 1 b.t. dan ko’p ortiq bo’lmasligi lozim. Maqola tahriryatga Times New Roman shrifti, 14 o’lchovda, 1,5 qator oralig’ida, chap tomondan 3 sm., yuqori va past tomondan 2,5 sm., o’ng tomondan 1,5 sm. qoldirilgan holatda A4 formatli standart qog’ozning bir tomoniga chop etilgan va muallif(lar)ning shaxsiy imzosi bilan tasdiqlangan holda bir nusxada topshirilishi zarur. Elektron shakli MS Word dasturi, rtf. formatda disk orqali yoki mamunaxborot@umail.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi. Maqola tegishli fan sohasi bo’yicha fan doktori taqrizi va ITM yoki OTM tomonidan ekspert xulosasiga ega bo’lishi talab qilinadi.

Maqola rasmiylashtirilganda, dastlab yuqori сhap tomomndan UO`T (UDK)  qaydi, bir oraliqdan so’ng bosh xarflarda maqola mavzusi, keyingi satrda  muallif(lar)ning ismi, sharifi, otasining ismi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, ish joyi va
lavozimi to’liq yoziladi. Keyin o’zbek, ms va ingliz tillarida annotatsiya va kalit so’zlar keltiriladi. Annotatsiya 2-3 jumladan iborat bo’lib, o’zida maqola mazmunini ifodalashi lozim. Kalit so’zlar mavzuni ochib beradigan 10 tadan oshmagan so’z va iboralardan iborat bo’lishi kerak. Maqolada kirish, mavzuning dolzarbligi, masalaning mazmuni, yechim hamda tegishli xulosa va tavsiyalar keltirilishi, so’z, ibora va formulalar aniq ifodalangan, gap va jumlalar tizimli bo’lishi talab qilinadi.

Tahririyat maqolalami tahrir qilish va qisqartirish huquqiga ega. Talab darajasida rasmiylashtirilmagan maqolalar axborotnomada e’lon qilinmaydi. Maqola mualliflariga tahririyat qo’lyozmalarni qaytarish va yozma javob berish majburiyatini olmaydi.