ITM VA OTMLAR BILAN O’ZARO HAMKORLIK
30-04-2017 918

ITM VA OTMLAR BILAN O’ZARO HAMKORLIK

 

Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy tadqiqotlar samaradorligini yanada oshirish, ilm-fan yutuqlaridan xabardor bo’lish, o’zaro tajriba almashish, hamkorlikda ilmiy anjumanlar tashkil etish va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida respublikamizning 20 ga yaqin ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

O’zR FA tizimidagi Tarix, Arxeologik tadqiqotlar, Sharqshunoslik, Genetika va O’EBI, O`simlik va hayvonot olami genofondi instituti, Biokimyo, Seysmologiya, QQB Ijtimoiy-gumanitar fanlar, QQB tabiiy fanlar institutlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi UrDU, O’zMU, TDSHI, TDPU, TAQI, SamDAQI va boshqa vazirliklarga qarashli “Ichon qal’a” DMQ, O’z MDA, TDAU, GIDROINGEO, TTA Urganch filiali, TATU Urganch filiali hamda boshqa ilmiy, o’quv va ishlab chiqarish tashkilotlari bilan muntazam aloqalar o’rnatilgan.

Hamkorlik aloqalari asosan o’zaro imkoniyatlardan (yuqori salohiyatli olimlar, zamonaviy asbob-uskunalar, tajriba uchastkalari, axborot-resurs markazlari) unumli foydalanish, birgalikda ilmiy anjumanlar, seminarlar tashkil etish, Oliy ta’lim muassasalariga o’quv-uslubiy yordam berish, akademiyada yetuk olimlarni ma’ruzalarini va amaliyotlarni tashkil etish, magistrant va talabalarni ilm-fanga qiziqtirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan.

Keyingi yillarda O’zR FA Tarix va Genetika O’EBI institutlari bilan hamkorlikda fan nomzodlari tayyorlash hamda birgalikda seminarlar tashkil etish bo’yicha samarali hamkorlik qilinmoqda. Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan akademiyada turli o’quv va ilmiy amaliyotlar (arxeologik, manbashunoslik, kimyoviy, agronomiya, kompьyuter savodxonligi va h.)ni tashkil etish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Xorazm Ma’mun akademiyasi axborot-resurs markazi va muzeyi barcha talaba va magistrantlar uchun sevimli maskanga aylangan. Ayniqsa, Xiva shahridagi 4-son akademik litsey, Xiva pedogogika, Xiva tibbiyot, Xiva qishloq xo’jaligi, Xiva axborot-texnologiyalari kollejlari o’quvchilari akademiya imkoniyatlaridan unumli foydalanmoqdalar. Shuningdek, Navoiy konchilik kolleji bilan hamkorlik haqida bitim tuzilgan. Ayrim ixtisoslashtirilgan maktablarga (Urganch shahridagi 21-son, Xiva shahridagi 56-son va b.) o’quv-uslubiy, moddiy-texnik tomondan ko’mak berilmoqda, turli tadbirlarda maktab o’quvchilari ham faol qatnashmoqda.

Xorazm Ma’mun akademiyasi o’z ustuvor yo’nalishlari (tarix, arxeologiya, tarixiy yodgorliklarni saqlash, ekologiya, biologiya va qishloq xo’jaligi) doirasida turli ilmiy, o’quv va ishlab chiqarish tashkilotlarni hamkorlik qilishga taklif etadi.