VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI 14.04.2017 Y. №-211
27-06-2017 1341

XORAZM MA’MUN AKADEMIYASINING FAOLIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QO’SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO’G’RISIDA

 Qadimgi Xorazm jahon tarixiy-madaniy merosi va tsivilizatsiyasining muhim o’choqlaridan biri, davlatchilik, urbanizatsiya, moddiy va ma’naviy madaniyat tarixida alohida ahamiyatga ega ekanligi hamda vohada mamlakatimizning mashhur arxeologik, shaharsozlik, me’moriy yodgorliklari joylashganligi va hozirgi davrda xalqaro turizmning yirik maskanlaridan biriga aylanganligini hisobga olib, Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyatini yanada rivojlantirish hamda bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo’limi — Xorazm Ma’mun akademiyasining (keyingi o’rinlarda Akademiya deb ataladi) qo’shimcha asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI 02.02.2012 Y. №-27
27-06-2017 1353

RESPUBLIKADA TERMITLARGA QARSHI KURASHISH ISHLARINI JADALLASHTIRISH VA ULARNING ZARARINI BARTARAF QILISH TO’G’RISIDA

 

Aholi turar joylari, madaniy-tarixiy obidalar, strategik ahamiyatga ega bo’lgan ob’ektlar, ishlab chiqarish binolari, inshootlar va boshqa turdagi ob’ektlarni saqlash, ularga zarar yetkazayotgan termitlarning tarqalishi va ularning zararli faoliyatiga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida termitlarga qarshi kurashish xizmatini ko’rsatuvchi O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti huzurida va uning muassisligida xo’jalik hisobida faoliyat yurituvchi «Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi» davlat unitar korxonasini (keyingi o’rinlarda — Markaz deb yuritiladi) tashkil etish to’g’risidagi taklifi ma’qullansin.
VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI 01.11.2005 Y. №-240
22-06-2017 1396

XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH VA UNING 1000 YILLIGINI NISHONLASHGA DOIR QO’SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO’G’RISIDA

 Vazirlar Mahkamasining «Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligini nishonlash to’g’risida» 2004 yil 9 noyabrdagi 532-son qarori ijrosini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Ayni paytda mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni o’z vaqtida va sifatli bajarish masalasida mutasaddi tashkilotlar tomonidan yuzaki yondashuvga yo’l qo’yilayotganini qayd etish zarur.

 

...

VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI 09.11.2004 Y. №-532
22-06-2017 1917

XORAZM MA’MUN AKADEMIYASINING 1000 YILLIGINI NISHONLASH TO’G’RISIDA

   Jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo’shgan Xorazm Ma’mun akademiyasining boy ilmiy merosini har tomonlama o’rganish, yosh avlod qalbida milliy iftixor va mamlakatimizning tarixiy o’tmishiga chuqur hurmat tuyg’usini kamol toptirish, shuningdek Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yillik yubileyi yuksak tashkiliy darajada nishonlanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. YuNESKO Bosh konferentsiyasining 32-sessiyasida Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligini nishonlash bo’yicha yubiley tadbirlarida YuNESKOning ishtirok etishi haqida qaror qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.