O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMOYISHI 01.05.2006 y. F-2488
22-06-2017 798

XORAZM MA’MUN AKADEMIYASINI ZAMONAVIY ILMIY-LABORATORIYА USKUNALARI BILAN JIHOZLASH TO’G’RISIDA

Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyatining ustuvor yo’nalishlariga muvofiq ilmiy-texnikaviy masalalarni hal etish uchun shart-sharoitlar yaratish, akademiya laboratoriyalarini zamonaviy ilmiy-laboratoriya uskunalari bilan jihozlash maqsadida:

  1. Xorazm Ma’mun Akademiyasining 1000-yillik yubileyini nishonlash va o’tkazishga tayyorgarlik bo’yicha Respublika tashkiliyqo’mitasining O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga ilmiy-texnikaviy rivojlanish bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashhuzuridagi Innovatsion ilmiy-texnika faoliyatini moliyalashtirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan Xorazm Ma’mun akademiyasining laboratoriyalarini zamonaviy ilmiy-laboratoriya uskunalari va priborlari bilan jihozlash uchun ilovaga* muvofiq ro’yxat bo’yicha asbob-uskunalar sotib olishga maqsadli yo’naltirilgan 200 ming AQSH dollari ajratish to’g’risidagi taklifiga rozilik berilsin.