O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI 11.11.1997 Y. PF-1880
22-06-2017 1001

 

XORAZM MA’MUN AKADEMIYАSINI QAYTADAN TASHKIL ETISH TO’G’RISIDA

 O’zbekistonning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon ilmiy hamjamiyatidagi o’rnini mustahkamlash, mintaqalarda fanni yanada rivojlantirish hamda iste’dodli va fidoyi olimlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, yuqori intellektual muhit yaratishdagi milliy an’analarni rivojlantirish, qadimda fan, ma’rifat va madaniyat olamining markazi hisoblangan, odamzot tarixidagi ilk akademiyalardan bo’lmish Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish maqsadida:

  1. Xorazm Ma’mun akademiyasi — O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo’limi Xiva shahrida tashkil etilsin.