“XORAZM TARIXI VA MADANIYATI” DOIMIY EKSPOZITSIYASI TO’G’RISIDA MA’LUMOT
05-05-2020 2128


Mustaqillikdan so’ng Xorazm viloyatida juda keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa oxirgi 3 yil ichida amalga oshirilgan ishlar buning yaqqol misoli bo’la oladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Xorazm viloyatida 2013-2015 yillarda sayyohlik sohasini rivojlantirish dasturi to'g'risida”gi qarorni imzoladi.Ushbu hujjat Xorazm viloyati sayyohlik salohiyatidan foydalanishni yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish, xorijiy va mahalliy sayyohlarning hududdagi noyob tarixiy-madaniy va me'moriy yodgorliklar bilan keng qamrovda tanishishi uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida qabul qilingan.

Sayyohlik sohasini rivojlantirish dasturi turizm infratuzilmasini rivojlantirish, sayyohlik inshootlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish, sayyohlikning transport infratuzilmasini taraqqiy ettirish, hududdagi turistik marshrutlar va xizmatlarni takomillashtirish, sayyohlikning yangi yo'nalishlarini, mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqishni o'z ichiga oladi.

Aynan shu qaror asosidda 2013 yil 20 mart kuni prezidentning PQ-1940 sonli qarori qabul qilindi. Keyinchalik ushbu qaror ijrosini  ta’minlash maqsadida Vazirlar Maxkamasining 2013 yil 14 avgust kuni 511 sonli farmoyishi qabul qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 avgustdagi 511 sonli farmoyishi asosan, Xorazmning boy tarixi  va madaniy merosini o’rganish,   hamda uni keng targ’ib etish,   xorijlik sayyohlarga  zamonaviy  madaniy xizmat ko’rsatish maqsadlariga yo’naltirilgan.

 

 

Eksponatlar
12-12-2017 1625

 

 

 

 

Qo'yqirilganqal'a yodgorligi maketi Mil.avv. VI- mil. IV asrlar

Gopotshoh. Mil. avv. II-I asr

Chugirma kiygan chavondoz haykali. Mil.avv. V asr 

 

 

 

 

Tosh choynak. XII-XIII asrlar

Ibn Sinoning Tib qonunlari asari

Ko'za. XII-XIII asrlar