Khorezm Mamun academy

2003-2005 yillar

30-04-2017     科学研究の最も重要な成果

Hazorasp tumani Tuproqqalha massivida joylashgan bronza davri manzilgohi-SHarofat, antik va ilk o’rta asrlar davriga oid Tosh-qalha-2 yodgorliklaridan hamda Uch O’choq tepaligi va Meshekli qo’ltig’ida olib borildi. Yodgorlik hududidan O’rta Osiyoda birinchi marta to’liq saqlangan yog’och yopilmalar topildi.

Potentsiali diskret spektrga mos keluvchi moslangan manbali sin-Gordon tenglamasi yechimi bo’lgan Zaxarov-SHabat operatori uchun sochilish nazariyasining berilganlari evolyutsiyasi keltirildi. Irregulyar nuqtalarning metrik tavsifi o’rganildi. Chegaraviy N – to’plamlar o’rganildi. Chegaraviy N – to’plamning chiziqli Lebeg o’lchovining nolga aylanishi to’g’risidagi teorema isbotlandi.

Xiva xonligi aholisining etnik tarkibiga oid ilk bor ilmiy adabiyotlar, dala yozuvlari, anketa savollariga javoblar to’plandi. Xorazm vohasida yashovchi o’zbek, turkman, qozoq, qoraqalpoq urug’lariga tegishli guruhlar kompleks tadqiq qilindi.

Xorazm Mahmun akademiyasi tarixiga oid yozma manbalar izlab topildi. Abu Nasr ibn Iroqning Manalaus asariga yozilgan sharhi arab tilidan o’zbek tiliga o’girilib, ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Abu Rayxon Beruniyning “Tafhim” asari arab tilidan o’zbek tiliga tarjima qilindi va muomalaga kiritildi.

Ismoil Jurjoniyning “Zaxirayi Xorazmshohiy” asari VI kitobining Xorazmda o’zbek tiliga tarjimasidagi asab va ruhiy kasalliklar Ibn Sinoning “Tib qonuni”dagi asab va ruhiy kasalliklar bilan qiyosiy o’rganildi.

Xiva xonligiga asos solinishi va uning sabablari bu davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy vaziyat ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Xiva xonligi davlatchiligidagi boshqaruv tizimi o’rganilib, davlat hujjatlari va arxivda saqlanayotgan asosiy hujjatlar ilmiy muomalaga kiritildi.

Mehmoriy obidalarning poydevorlari, yer ustki qurilmalari va yog’och elementlari tekshirilib, texnik holati aniqlandi. Xiva shahridagi Ichon qalha hududidagi mehmoriy obidalarda geodezik kuzatuv ishlari olib borildi.

Xorazm viloyatining tabiiy iqlim sharoitining xususiyatlari, ekzogen ekologik omillarning aholi salomatligiga tahsiri o’rganildi hamda olingan natijalar Toshkent va Farg’ona viloyatlaridagi tegishli ko’rsatkichlar bilan taqqoslandi.

Introdutsient (50 ta) o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi xususiyatlari tadqiq etilib, ularning zararkunanda va kasalliklarga hamda noqulay omillar tahsiriga chidamliligi, hamda mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga moslashuvi, yetishtirish texnologiyalarini mintaqaviy xususiyatlari o’rganildi.