Xorazm Ma'mun akademiyasi

Yana bir yangi qurilma ishga tushdi

15-09-2022     So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 noyabrdagi PQ-3365 «Ilmiy- tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori bo‘yicha Xorazm Ma’mun akademiyasiga sotib olingan IRAffinity-1S (SHIMADZU) infraqizil spektroskopi ilmiy izlanuvchilar tahlillarini yengillashtirmoqda. Hozirgi kunda O’zR FA Bioorganik kimyo institutida malakasini oshirib kelgan Aniq fanlar bo‘limi katta ilmiy xodimi O.I.Xudoyberganov tomonidan kimyoviy moddalarni tarkibi infraqizil spektroskopiya uskunasi yordamida qattiq, suyuq va plyonka holatida analiz qilinib, ular tarkibidagi funksional guruxlari va tuzilishi aniqlanmoqda.