2025 yil 7 mart kuni Xorazm Ma’mun akademiyasi rahbariyati va Rossiya Federatsiyasining Almetyevsk davlat texnologiya universiteti "Oliy neft maktabi" davlat byudjeti oliy ta'lim muassasasining yetakchi ilmiy hodimi Trubin Yaroslav Sergeevich boshchiligidagi mutaxassis olimlar bilan hamkorlik muloqoti bo’lib o’tdi.
Tashrif davomida ikkala ilmiy muassasa o’rtasida ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’yish, hamkorlikda ilmiy taqiqotlarni amalga oshirish, o’zaro tajriba almashinuvi masalalari bo’yicha kelishib olindi.
Muloqot yakunida Xorazm Ma’mun akademiyasi rahbariyati bilan Rossiya Federatsiyasining Almetyevsk davlat texnologiya universiteti "Oliy neft maktabi" davlat byudjeti oliy ta'lim muassasasi rahbariyati o’rtasiada imzolangan memorandum almashinuvi bo’lib o’tdi va mehmonlarga estalik sovg’alari topshirildi.
Shuningdek, mehmonlar tashrif jarayonida Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyati bilan ham tanishib, laboratoriyalarda yaratilgan shart-sharoitlar hamkorlidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishini ta’kidlab o’tdilar.