Хорезмская академия Маъмуна

"Akademik va yoshlar: ilm-fan taraqqiyotini yoshlar yaratadi!" mavzusida akademiklar va yoshlar kongressi bo‘lib o‘tdi

09-11-2024     Новости

Joriy yilning 8-noyabr kuni Xorazm Ma'mun akademiyasida Akademik Behzod Sodiqovich Yuldashevning xotirasiga bag‘ishlangan "Akademik va yoshlar: ilm-fan taraqqiyotini yoshlar yaratadi!" mavzusidagi akademiklar va yoshlar kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari, Xorazm Ma'mun akademiyasi ilmiy hodimlari, Xorazm viloyati oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, doktorantlari, izlanuvchilari, yosh olimlar, iqtidorli talabalar va magistrantlar, ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari ishtirok etdi.

Kongressda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti S.Mirzayev, Xorazm viloyati hokimi muovini S.K.Salaev, Xiva shahar hokimi T.I.Davletovlar mehmon bo‘lishdi. Dastlab mehmonlar Xorazm Ma'mun akademiyasi olimlari tomonidan tayyorlangan innovatsion ko‘rgazmalar bilan tanishdi.

Shundan so‘ng "Akademik va yoshlar: ilm-fan taraqqiyotini yoshlar yaratadi!" mavzusidagi akademiklar va yoshlar kongressining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Kongressni Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti S.Mirzayev, Xorazm viloyati hokimi muovini S.K.Salaev, Xiva shahar hokimi T.I.Davletovlar ochib berdi.  Kongressni Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti S.Mirzayev boshqarib bordi. U o‘z nutqida Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan ilm-fanga qaratilayotgan e’tibor, ilm-fan sohasini rivojlantirish, tadqiqotlar samaradorligini oshirish va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash borasida ulkan ishlar olib borilayotganini aytib o‘tdi.