Хорезмская академия Маъмуна

Obodlik ko’ngildan boshlanadi

18-03-2023     Новости

Ma'lumki xalqimiz ma'naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o'rgansa va o'z tajribasida qo'llashga arziydigan ko'pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, "hashar" deb atalgan tadbir barchani birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Hashar -bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam. O'zbek xalqi azal-azaldan "Navro'z" nafasi kelishi bilan yurtini obod qilish uchun, ariq va zovurlarini tozalaydi. Atrof-hududlarni maishiy chiqindilardan tozalash uchun ko'chalariga suv sepib supirishadi. Daraxt va nihollarga shakl berib, yurt obodligini, ko'rkamligini saqlashga xizmat qilishadi. "Hashar — elga yarashar" degan maqol bejiz aytilmagan. Bugungi hasharda Xorazm Ma'mun akademiyasi jamoasi ham obodonlashtirish ishlarini uyushqoqlik va hamjihatlik bilan amalga oshirmoqda. Yashil makon dasturi doirasida mevali hamda manzarali daraxtlar o'tqazilmoqda. Daraxtlarga shakl berish va oqlash ishlari olib borilmoqda.