Хорезмская академия Маъмуна

X ASR XORAZM TARIXIGA BA’ZI CHIZGILAR

30-05-2022     Новости

Xorazm Ma’mun akademiyasi tayanch doktoranti Ismoilov Shohruxmirzo tomonidan Germaniyaning Tyubingen unversiteti tangalar kolleksiyasida saqlanayotgan va milodiy 967-yilda Jurjoniyada (Ko’hna Urganch) zarb qilingan tanga na’munasi topildi. Ushbu tanga Somoniylar tomonidan Jurjoniyaga noib sifatida tayinlangan Muhammad ibn Ali tomonidan zarb qilingan. Tangadagi yozuvlar Ma’muniylar sulolasi tomonidan zarb qilingan tangalarga juda o’xshash bo’lib, mazkur tanga ismi keltirilgan Muhammad ibn Ali bugungi kunda Ma’muniylar sulolasi asoschisi deb hisoblanuvchi Ma’mun ibn Muhammadning otasi deb faraz qilinmoqda. Bu fikr o’zbek tadqiqotchisi A.Ataxo’jayev tadqiqotlarida ham bir qadar qo’llab quvvatlangan. Mazkur yangilik X asr Xorazm tarixida bugungi kunda so’roq ostida turgan savollarga jumladan, Jurjoniya (Ko’hna Urganch) shahrining Afrig’iy Xorazmshohlar davlatidan ajralib chiqishi, u yerda mustaqil amirlikga asos solinishi, Ma’muniylar sulolasining hokimyatga kelishi va Ma’muniylar sulolasining asoschisi masalasiga oydinlik kiritadi. Bugungi kunda bu masala bo’yicha ilmiy tadqiqotlar Turkiyaning Amasya unversiteti tadqiqotchisi A.O’zbayraktar bilan hamkorlikda davom qildirilmoqda.