Khorezm Mamun academy

“Ijtimoiy-gumanitar fanalar” bo’limi tomonidan an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan ilmiy seminarning navbatdagi tadbiri

30-11-2020     News

27-noyabr 2020-yil Xorazm Ma’mun akademiyasi “Ijtimoiy-gumanitar fanalar” bo’limi tomonidan an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan ilmiy seminarning navbatdagi tadbiri bo’lib o’tdi. Unda “Arxeologiya” yo’nalishi 1-bosqich tayanch doktoranti Ismoilov Shohruxmirzo Zokirjon o’g’li “Afrig’iylar davri tangalari tavsifi” mavzusida ma’ruza qildi. Ushbu tadbirda akademiyaning 10 dan ortiq ilmiy xodimlaridan tashqari zoom meeting internet plotformasi orqali Urganch davlat Unveversitetining bir qator o’qituvchilari qatnashishdi. Ma’ruzada, VIII asrdan O’rta Osiyo xususan Xorazm hududiga arablar kirib kelgandan so’ng yuz bergan ijtimoiy, siyosiy va madaniyat soxasidagi o’zgarishl;ar tangalar orqali yoritib berildi. Shuningdek, o’sha davrlarda sodir bo’lgan siyosiy o’zgarishlar, X asrda Xorazmdagi hukmron sulolalar tarixi arxeologik va numizmattik manbalar orqali yoritib berildi. Ma’ruzadan so’ng tadbir ishtirokchilari ma’ruzachiga savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Tadbir ilmiy munozaralarga boy ko’tarinki ruhda o’tdi.